2 902
Uzbek Tigers janglari nima sababdan Termizdan Toshkentga ko‘chirildi? Boks federatsiyasi bu masalaga tushuntirish berdi
Uzbek Tigers jamoasi bokschilarining Termiz shahrida o‘tishi rejalashtirilgan WSB tasnifidagi janglari poytaxt Toshkentga ko‘chirilgach, ayrim nashrlar bunga o‘z munosabatini bildirdi, deb yozdi O‘zbekiston boks federatsiyasi.
WSB musobaqasining o‘tgan mavsumida Uzbek Tigers jamoasi Kubaning mashhur Cuba Domadores klubini Samarqand shahrida qabul qilib, 3:2 hisobida zafar quchgandi. Bu yil hisobidan Cuba Domadores jamoasiga qarshi jang Termiz shahriga taqdim etilgandi. Biroq yaqindagina Toshkentga tashrif buyurgan AIBA vakillari MOQ rahbariyati bilan uchrashuvda bo‘lib, WSB obro‘sini ko‘tarish masalasida o‘zaro hamkorlik qilishni so‘ragan. Bunda teletranslyatsiya masalasi katta o‘rin tutishi, shuningdek, ring va uning atrofidagi holatning talab darajasida bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi, deyiladi xabarda.
Shu bois boks federatsiyasi MOQ bilan maslahatlashib, Cuba Domadores hamda Colombia Heroicos klublariga qarshi ikki kun oralig‘ida o‘tadigan janglarni Toshkentga ko‘chirishga qaror qilgan. Bunda birinchi navbatda teletranslyatsiya masalasi va uning sifati hisobga olindi. Shuningdek, O‘zbekiston tomoni bilan iliq munosabatlarni yo‘lga qo‘yayotgan AIBA vakillarida yaxshi taassurot qoldirgan va sharoitlari qoniqarli bo‘lgan “Universal” sport majmuasi varianti afzal bilindi.
Termiz uchun va’da qilingan janglaresa 6—7 aprel sanalariga rejalashtirilmoqda. Shu kuni WSB guruh bosqichining 4-turi doirasida Venesuela bokschilari Uzbek Tigers klubiga qarshi ringga chiqadi. AIBA taklifi bo‘yicha, Termizdagi boks kechasiga jiddiy tayyorgarlik ko‘riladi. Teletranslyatsiya va tashkilotchilik yuqori saviyada bo‘lishi uchun biroz vaqt kerakligi inobatga olinib, federatsiya boks kechasining sanasini o‘zgartirdi, manzil esa saqlab qolindi.
MOQ nafaqat viloyatlardagi boks muxlislarini xushnud etish, balki O‘zbekistonning jahonda tutgan o‘rni va mamlakatda sportga bo‘layotgan e’tiborni munosib tarzda namoyish qila olish talabini qo‘ygan. Hasanboy Do‘stmatov, Shahobiddin Zoirov, Iqbol Xoldorov, Isroil Madrimov, Bahodir Jalolov kabi mashhur bokschilarning viloyatlarda jang o‘tkazish an’anasi saqlab qolinadi. Biroq hamma narsa puxta reja va yuqori tashkilotchilik asosiga qurilishi kerak bo‘ladi, deyilgan boks federatsiyasining izohida.
Cuba Domadores hamda Colombia Heroicos klublariga qarshi janglar 27 fevral va 1 mart sanalarida o‘tadi.MOQ taklifi bilan boks oqshomiga Toshkent shahridagi imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan respublika kasb-hunar kolleji, 100-sonli polimilit tayanch harakati buzilgan bolalar internati hamda 23-sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari tashrif buyuradi. Ularni “Universal” sport saroyiga olib kelish uchun maxsus avtobuslar yuboriladi.
O‘z navbatida keyinchalik ham viloyatlarda o‘tadigan janglarni tomosha qilish uchun yuqoridagi kabi imkoniyati cheklangan bolalarni o‘z bag‘riga olgan maskanlarda sharoit bo‘ladi. Uzbek Tigers jamoasi guruh bosqichini muvaffaqiyatli bosib o‘tib, chorak finalga yo‘l olsa, Samarqand va Termizdan keyin, qolgan mashhur shaharlar ham boks kechalariga mezbonlik qilish huquqini qo‘lga kiritadi.
Manba: Daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...