Timur Kapadze milliy terma jamoaga vaqtinchalik boshchi bo‘lgach, tanqidlar ko‘payib ketdi. Men negadir bunda yomon bir jihat ko‘rmadim.
Xushimiz va imkoniyatimiz
“Kavkaz asirasi” filmida yaxshi jumla bor: “Xushimiz imkoniyatlarimizga to‘g‘ri kelishi uchun ichamiz”. Tushunishimcha, imkoniyatimiz Karlush Keyrush darajasidagi mutaxassisni O‘zbekistonga olib kelish uchun yetadi. Qolaversa, unga xushimiz ham bor. Biroq vaziyat shundayki, jimjitlik romanidan bir parcha o‘qib turishga mahkummiz.
O‘FA bayonotini o‘qiganimdan keyinoq buni tushunib bo‘lgandim, ya’ni, JCH-2018 yakuniga qadar hamma kutayotgan murabbiy Toshkentga kelmaydi. Biroq o‘rtada Senegal, Marokash va Eronga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari bor. Demak, yana kimdir vaqtincha bosh murabbiy bo‘ladi. Va ko‘rdimki, bunday tushunmaganlar bor. Aytilgan muddatda murabbiy olib kelinmadi, deb jar solindi. Umuman olganda, to‘g‘ri yozildi. Biroq holatga real ko‘z bilan qaralsa, o‘sha murabbiyni olib kelishning imkoni hozircha yo‘q. Chunki u mundialda ishtirok etadigan 32 murabbiydan biri ekan. Yaxshi-ku…
Yana Berdiyevmi yoki Qosimov?
Mirjalol Qosimov, Ro‘ziqul Berdiyev kabi mutaxassislar ish bilan band. Ularning shundoq ham tashvishi ko‘p. O‘tgan safar Berdiyev termaga olib kelinganida ham muxlislarga yoqmagandi, “Nasaf” mashg‘ulotsiz qolib ketadi-ku, deb. Mana, ishlayotganlar bezovta qilinmagandi, Kapadze nega kerak qabilidagi fikrlar jarangladi. Vaqtincha kim tayinlanishi mumkin deb o‘zimga savol berib, quyidagi nomzodlarni xayolimga keltirgandim: Rauf Inileyev, Jasur Abduraimov, Timur Kapadze, Andrey Fyodorov. Tepadagi ikki mutaxassis band ekani haqida aytdim, Abramovni O‘FAning o‘zi chetlashtirdi. Mirsodiqov, Shkvirin variantlarini harchand urinmay, o‘zimni ko‘ndira olmadim. Rauf Talgatovichda biroz bo‘lsa-da, betoblik bor. Demak, qolgan uch variantdan birini tanlash kerak. O‘FA Kapadzeni tanladi. Menimcha, qolgan ikkisidan biri tanlanganida ham o‘sha-o‘sha norozi fikrlarga duch kelardik, shunday emasmi? Ammo tushuning, Keyrushmi, Marveykmi, xullas, kim bo‘lsa ham yozgacha kelolmaydi. Majburmiz boriga shukr qilishga.
Tajriba?
Tajribali murabbiy hozir nega kerak? Tepada tajribalilar ish bilan ekani haqida aytdik. Va albatta biz Kapadzedan JCH—2022 chiptasini yoki Osiyo Kubogi g‘olibligini talab qilayotganimiz yo‘q. O‘sha tajribali Berdiyevga ham oson bo‘lmagandi BAA bilan o‘yinda. Bordik, yutqazdik, qaytdik.
Kopa esa yaqindagina futbolni tugatdi. Bizga uning tajribasi emas, potensiali kerak. Ya’ni, Keyrushmi, Marveykmi kelganida, katta ehtimol bilan yordamchisiga aylanadi. O‘qishini davom ettiradi, tajribali murabbiy qanoti ostida ko‘p narsalarni o‘rganadi va albatta qachonladir foydasi bizga tegadi, to‘g‘rimi?
Kapadze yana murabbiylar bilmagan narsalarni biladi. Yechinish xonasida murabbiy bo‘lsa futbolchilar boshqa, usiz umuman boshqa mavzuda gaplashadi. Hozir Kopa o‘sha xonadagi barcha gapdan, muammolardan xabardor. Aliboyevning asl kuchi qancha-yu, G‘aniyev nimaga qodir, Server yana qancha yugura oladi — Kapadze yaxshi biladi. Demak, bu variant haqida o‘ylab ko‘rish mumkin. Juda talvasaga tushadigan holatni ko‘rganim yo‘q.
Yordamchilar
Kapadze istasa ham, istamsa ham Superliga klublarining murabbiylari bilan kelishib ishlaydi. Faqat o‘zi qaror qabul qilmaydi. Va katta ehtimol bilan, o‘sha O‘FA bilan kelishgan sirli murabbiy bilan aloqa o‘rnatadi. Rejalar borasida fikr almashadi, futbolchilarning holatidan boxabar qiladi, umuman, o‘zbek futbolidagi jihatlarni unga yetkazib boradi. Sirli murabbiy Jeparovni ham, Haydarovni ham, Kapadzeni ham taniydi. U aytadi, Osiyo Kubogida menga Server yoki kimdir kerak emas yoki aksincha, deb.
Biz esa ungacha sabr qilamiz. Ishontirishlaricha, hammasi hal bo‘lgan. Madomiki rasmiy o‘yinlar yo‘q ekan, nima farqi bor hozir keladimi yoki Jahon Chempionatidan keyin, to‘g‘rimi?
Va’da
Onam yoqtirib qolgan bir buyumni olib berishga va’da qildim, biroq u bizda yo‘q edi, chetdagi do‘stlar yordamida buyurtma berdim. Menga bog‘liq bo‘lmagan sabablar tufayli, o‘sha buyumning kelishi kechikdi. Men aytgan vaqtimga olib kela olmadim.
Ammo men onamni aldamagandim. Buyum kechikib bo‘lsa-da, yetib keldi. Hammasi qo‘limda bo‘lsa, kechiktirmasdim albatta. Sizga savol: agar onamni aldamagan bo‘lsam, shu vaziyatda mening aybim nima? Agar umuman kelmaganida hech qanday bahonam o‘tmasdi, qo‘limdan kelmagan bo‘lib qolardi. Menimcha siz gap nima haqida ketayotganini tushundingiz. Hammasi ham o‘zimizga bog‘liqmas-da, afsuski…
Diyor IMOMXO‘JAYEV
Manba: www.erudit-sport.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...