
Jahon Boks Seriyalari VVI mavsum 2-tur janglari poytaxtdagi “Universal” sport saroyida davom etadi. Qiziqarli va tomoshabop tarzda o‘tayotgan o‘zbekistonlik va kubalik bokschilar o‘rtasidagi janglar oxirlab qolmoqda.
Boks kechasining navbatdagi jangida Osiyo chempioni Isroil Madrimov 2016 yilgi Rio Olimpiadasi oltin medal sohibi Arlen Lopesga qarshi ringga ko‘tarildi.
O‘tgan yili Samarqandda o‘tkazilgan ushbu bokschilar o‘rtasidagi qarama-qarshilikda hamyurtimiz Isroil Madrimov yaqqol ustunlik bilan raqibini mag‘lub etgan edi.
O‘zbekistonlik muxlislari qarshisida kubalik bokschiga qarshi ringga chiqqan Isroil Madrimov bu safar ham ortiqcha qiyinchiliklarsiz raqibini mag‘lub etdi.
Birozdan keyin boks oqshomining so‘nggi janggi bo‘lib o‘tadi. Unda o‘zbekistonlik Sanjar Tursunov “Cuba Domadores” a’zosi Erislandi Savonga qarshi kurash olib boradi.
75 kg: Isroil Madrimov 5–0 Arlen Lopes
Umumiy hisob
“Uzbek Tigers” 3-1 “Domadores de Cuba” “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar