
WSB musobaqasining 2-turida “Cuba Domadores” klubini 4:1 hisobida mag‘lub etib, okean ortidagi mag‘lubiyat alamini olgan “Uzbek Tigers” endi “Colombia Heroicos” bokschilarini shu hisobda yengdi.
Toshkentdagi O‘zbekiston taekvondo assotsiatsiyasiga qarashli “Universal” sport majmuasida bo‘lib o‘tgan boks kechasining oxirgi jangida +-91 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Bahodir Jalolov xotirjamlik bilan g‘alabani o‘ziniki qildi.
Kristian Salsedoga qarshi 5 raund davom etgan jang yakunida barcha hakamlar bir ovozdan Bahodir Jalolovning 5:0 hisobidagi g‘alabasini e’lon qilishdi.
Shu tariqa, bu oqshomda ringga chiqqan 5 nafar o‘zbekistonlik bokschining 4 nafari g‘olib chiqdi.
O‘zbekistonlik sportchilar 3-turda ham g‘alabaga erishib, guruhdagi vaziyatni o‘nglashga muvaffaq bo‘lishdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar