
Futbol ko‘rish uchun stadionga kirishga uringan 35 nafar eronlik ayol huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu ayollar hamyurtimiz Server Jeparov to‘p suradigan “Istiqlol” hamda “Persepolis” (1:0) jamoalari o‘rtasidagi bahsni tomosha qilishmoqchi bo‘lgan. Biroq, ularning bu niyati amalga oshmay qoldi.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda ayollar vaqtincha ushlab turilgan va keyinchalik qo‘yib yuborilgan.
Ma’lumot uchun, Eron islom respublikasi qonunchiligiga ko‘ra ayollarning stadionlarga kirishi ta’qiqlanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar