3 669
MOQ qoshida sportchilar “choyxona-yu, restoranlarda yurmasligini” nazorat qiladigan inspeksiya tashkil qilinadi
Foto: Zamin.uz
Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov 3 mart kuni Respublika sport federatsiya va assotsiatsiyalar rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.
O‘FA rasmiy saytida keltirilishicha, Umid Ahmadjonov bundan buyon sportchilar qat’iy tartib asosida musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rishlari, bu masalada yangi mexanizm ishlab chiqish fursati allaqachon yetib kelgani haqida gapirgan.
Sportchilarimiz uchun barcha sharoitni yaratib berishga tayyormiz. Ularga stipendiyalarni to‘lashda davom etamiz. Kerak bo‘lsa to‘lanadigan pul miqdorini ham bir necha marta oshirib bera olamiz. Faqat ular bilan shartnoma imzolaymiz. U yerda o‘z talablarimiz bo‘ladi. Yengil atletikachi kuniga necha km masofa yugurishi kerak? U ertalab nechchida uyqudan turishi lozim? Qanday ovqatlar iste’mol qilyapti? Kechqurun choyxona-yu, restoranlarda yurmayaptimi? MOQ qoshida ularni nazorat qiladigan inspeksiya tashkil qilinadi. Shartnomadagi shartlarga amal qilmaganlar jazolanadi. Sportchida qat’iy tartib bo‘lishi lozim. Maqsadimiz - sportchilarimizni qat’iy tartib asosida musobaqalarga tayyorlash. Tartib bo‘lgan joyda natija ham bo‘ladi.
Umid Ahmadjonov
Yig‘ilishda seleksiya ishlariga alohida e’tibor qaratilishi lozimligi yana bir bor ta’kidlandi.
“Yosh iqtidor egalarini maktablardan tanlab olamiz. Keyin esa ular ixtisoslashtirilgan sport maktablariga o‘tkaziladi. So‘ngra talabga javob beradiganlar Olimpiya zaxiralari kollejiga qabul qilinadi. Shuningdek, Olimpiya zaxiralari kollejlarida tahsil olayotgan 600 nafar sportchilar orasidan 50 ta eng iqtidorlilarini tanlab olamiz va ular kollejlar qoshida tashkil etiladigan Olimpiya markazlarida 24 yoshgacha biz bilan bo‘lishadi. Aks holda, ushbu kollejlar bitiruvchilari ko‘p hollarda ko‘chada qolib ketmoqda. Ana shundagina biz seleksiyaning mukammal tizimini yarata olamiz”, - deb kuyunib gapirdi MOQ rahbari.
Bundan buyon Olimpiya zaxiralari kollejlariga sportchilar federatsiya vakillaridan tashkil topgan komissiya ishtirokida tanlab olinadi.
Qolaversa yig‘ilishda Chimyon, Zomin, Qashqadaryo va Namanganda olimpiyachilar shug‘ullanib, yig‘in o‘tkazishlari uchun yangi bazalar bunyod etilishi haqida ma’lum qilindi. Umid Ahmadjonov davlat tomonidan sport sohasi uchun ajratilayotgan pullarni to‘g‘ri yo‘naltirish uchun mutaxassislardan taklif so‘radi.
“Bilasizmi? Viloyatlarda mahalliy byudjetdan sport sohasini rivojlantirish uchun har yili milliardlab mablag‘ ajratiladi. Biz bu pullarni to‘g‘ri sarflashimiz, samarali ishlatishimiz lozim. Ana shundagina natijalar o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladi”, - dedi Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi