20:10 / 05.03.2018
5 040

Polvonlarimiz Osiyo chempionatida 15 ta medalni qo‘lga kiritdi

Polvonlarimiz Osiyo chempionatida 15 ta medalni qo‘lga kiritdi
Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionati yakunlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Mazkur musobaqada sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi to‘rtta oltin, beshta kumush va oltita bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Yunon-rum kurashi bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarda 63 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Yelmurat Tasmuradov oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Rustam Assakalov, Mo‘minjon Abdullayev kumush, Islom Bahromov, Mirzobek Rahmatov, Aram Vardanyan bronza medalga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, ayollar kurashida 59 kilogrammgacha vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Nabira Yesenbayeva shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy oldi.

Erkin kurash bellashuvlarida barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan Ixtiyor Navro‘zov, Magomed Ibragimov hamda Davit Modzmanashvili o‘z vazn toifasida birinchi o‘rinni egalladi.

Finalgacha bo‘lgan uchrashuvlarda zafar quchgan Mahmudjon Shavkatov va Rashid Qurbonov terma jamoamizga kumush medalni keltirdi.

O‘z vazn toifasida Abbos Rahmonov, Temur Usmonoxunov, Aziz Soliyev uchinchi pog‘onani egalladi.

Chempionat yakunida O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egalladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Polvonlarimiz Osiyo chempionatida 15 ta medalni qo‘lga kiritdi