09:05 / 09.03.2018
4 318

Neymarning 11 mart siri: U singlisiga nima va’da qilgan?

Neymarning 11 mart siri: U singlisiga nima va’da qilgan?
“PSJ” hujumchisi Junior Neymar mamlakat chempionatining “Mar’sel”ga qarshi o‘yinida jarohat olib, maydonni tark etishga majbur bo‘lgandan so‘ng, muxlislar, mutaxasislar va futbolchilar orasida turli mushoxadalar boshlandi. Bu boradagi eng qiziq mushohada esa uning singlisiga bergan va’dasi bilan bog‘liq.

Gap shundaki, ayrimlarning fikriga ko‘ra Neymar 11 martga yaqin jarohat olishni o‘zi istagan ekan.

Endi bunday xulosaga sabab bo‘layotgan gap-so‘zlarni izohlaymiz.

Mish-mishlarga qaraganda Neymar singlisiga va’da qilib qo‘ygan: Tug‘ilgan kuningda hamisha yoningda bo‘laman.

Doim va’dasining ustidan chiqib kelgan Neymar Yevropaga kelgach tang ahvolda qoladi. Ammo tez orada buniyam chorasini o‘ylab topdi. 2014/2015 mavsumda 11 martga yaqin Neymar “Barselona” tarkibida raqib jamoa o‘yinchisiga ataylab qo‘pollik qildi va qizil kartochka bilan siylandi. Natijada u 11 mart kungi o‘yinda maydonga tusholmasligini inobatga olib, singlisining tavallud kunini nishonlashga qaror qildi. Tasodifni qarangki, kelasi mavsum 11 mart arafasida ham aynan shu holat takrorlandi. “Barselona” maydonda, Neymar esa ziyofatda…

Uchinchi mavsum 2016/2017 yil martning 11 sanasiga yaqin qolganida esa u jarohat oldi va maydonga tushmasligini bildirdi. Oyog‘ida jarohati bor Neymar bu gal ham ziyofatda edi…

Joriy mavsum 11 martga yaqin jarohat olgani esa yuqoridagi shubha-gumonlarga asos bo‘lgan. “Mar’sel” himoyachisi Amavining fikri esa yanayam diqqatingizni tortadi:

“Neymar har gal to‘pni olganida, ortiqcha urinmas, shunchaki bizni kutardi. E’tibor berib qarasangiz, u bizni unga qarshi qoida buzishimizni istayotganini sezasiz”.

Manba: Penalti.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Neymarning 11 mart siri: U singlisiga nima va’da qilgan?