
“PSJ” klubi hujumchisi Neymar jamoasining holatidan norozi.
Xabar qilinishicha, braziliyalik futbolchi “Barselona”ga qaytmoqchi. Neymar “PSJ”ga o‘tganidan afsuslanmoqda va bu haqda “Barsa” rahbariyatiga ma’lum qilgan.
Ta’kidlanishicha, u Fransiya chempionatining La Ligadan kuchsizligini anglab yetgan va moliyaviy foydani ko‘zlab xato qilganini tan olgan.
Neymar kataloniyaliklar bilan qanday qilib qaytishi mumkinligi haqida suxbatlashgan. Transfer amalga oshadigan bo‘lsa ham, u 2019 yilda yuz beradi.
Bundan tashqari “Barselona” ushbu mavzuda qanday yo‘l tutish borasida o‘ylamoqda.
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar