14:50 / 10.03.2018
4 242

Marko Milich: O‘zbekiston go‘zal diyor ekan

Marko Milich: O‘zbekiston go‘zal diyor ekan
“Qo‘qon-1912” jamoasi tarkibida bu yil Serbiyalik himoyachi Marko Milich to‘p surmoqda. Milich superliganing birinchi va ikkinchi turlarida maydonda 90 daqiqa to‘p surdi. Serbiyalik himoyachi O‘zbekiston va superliga o‘yinlari borasida o‘zining fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Men birinchi marta O‘zbekistonga kelishim. To‘g‘risini aytaman bu yerga kelgunimcha O‘zbekiston haqida tasavvurlarim boshqacha edi. Mamlaktingizda bir oy yashab, bu yurt va o‘zbek halqi haqidagi tasavvurim butunlay o‘zgardi. O‘zbekiston go‘zal diyor ekan. Ayniqsa mamlakatdagi tinchlik, xotirjamlikni hech narsaga qiyoslab bo‘lmaydi. O‘zbek halqi va o‘zbek taomlarining esa ta’rifiga til ojiz.Kelganimga endi bir oy bo‘ldi. Menga bu yurtda bo‘lish judayam yoqmoqda. Meni O‘zbekistonga taklif qilgan No‘mon Hasanovdan judayam minnatdorman.

“Qo‘qon-1912” jamoasida meni juda yaxshi kutib olishdi. Jamoada barcha yigitlar professional futbolchilar. Umuman bu yerda hamma o‘z ishini sidqidildan bajarmoqda. Ahillik havas qilarlik darajada ekan. Jamoaga ko‘nikib ketishimda hamyurtim Darko Gojkovichning xizmatlari katta bo‘ldi. Darko ikki yil bu klubda o‘ynab, ancha tajriba ortirgan. Albatta legioner futbolchi boshqalardan bir bosh ustun bo‘lishi kerak. Buning uchun mashg‘ulotlarda astoydil ishlamoqdaman, jamoamga foydam ko‘proq tegishi uchun astoydil harakat qilaman.

Superliganing ikkita o‘yinida maydonga tushdim, chempionatingiz saviyasi men o‘ylagandan ancha yuqori ekan. Ayniqsa Buxordagi o‘yinda stadiondagi atmosfera, muxlislarning qo‘llab quvvatlashlari judayam ajoyib bo‘ldi. Boshida ozgina hayajon bo‘ldi. Navoiyda esa ancha muhitga moslashdim. Har ikki o‘ynagan jamoalarimiz ham kuchli klublar ekan. O‘yinlar ancha qiyin bo‘ldi. O‘zbekistondagi futbolchilar texnikasi yuqori, ham aqlan kuchli futbolchilar ekan. Mavsum endi boshlandi, o‘yindan o‘yinga o‘z o‘yinimni kuchaytirib borishga intilaman.
Qo‘qonga hali bormadim. Eshitishimcha Qo‘qon o‘zbek futbolining vatani ekan. Qo‘qonlik muxlislar esa ilk safar o‘yinidayoq o‘zlaridan juda yaxshi taassurot qoldirishdi. Bunday muxlislar uchun jonimni berib o‘ynashga tayyorman.

Manba: www.kokand1912.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Marko Milich: O‘zbekiston go‘zal diyor ekan