Superliganing 2-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” - “Paxtakor” (1:0) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida “sherlar” bosh murabbiyi Shota Arveladze ishtirok etdi.
Shota Arveladze: - Biz juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. KO‘plab vaziyatlar yaratdik. Ammo futbolda har doim yaxshi o‘ynagan jamoa g‘alaba qozonmaydi. “Paxtakor” “Bunyodkor”dan kuchli o‘ynadi. O‘yin jihatidan futbolchilarga e’tiroz yo‘q. Lekin natija biz uchun kutilmagan bo‘ldi. Tablodagi hisobdan tashqari biz bugun raqibdan ko‘ra ustun bo‘ldik.
Biz vaziyatlarni golga aylantirish uchun mashg‘ulotlarda ishlayapmiz. Bu hali mavsum starti. Afsuski meni qo‘limda futbolchilarni maydonda boshqaradigan djoystik yo‘q. Men futbolchilarga ko‘rsatma beraman, ammo o‘zim buni maydonda bajara olmayman. Penalti bo‘lgan vaziyatda Hakimov uni tepishni istadi. Bezerra ham nuqtaga yaqinlashmoqchi bo‘lgandi, biroq Hakimov o‘ziga ko‘proq ishongandi. Futboldagi eng qiyin yumush - gol urish.
Jaloliddin Masharipov: “Yaxshi o‘ynadik. Bugun mag‘lubiyatga noloyiq edik. O‘Yin bo‘yicha biz yaxshi harakat qildik. Ammo vaziyatlardan foydalana olmaganimiz bizga qimmatga tushdi”. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman"
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi