date
views 7 730

Messining xotini yangi chaqaloqning suratini ommaga ko‘rsatdi (foto)

Messining xotini yangi chaqaloqning suratini ommaga ko‘rsatdi (foto)
“Barselona” jamoasi hujumchisi Lionel Messining turmush o‘rtog‘i Antonella Rokusso yangi chaqaloqning suratini 6 mln kuzatuvchisi bo‘lgan “Instagram”dagi sahifasiga yukladi.

Suratda Messi, yangi chaqaloqni ushlab turgan Antonellaning o‘zi hamda juftlikning farzandlari – Tyago va Mateo aks etgan. 10 mart kuni oilada uchinchi o‘g‘il dunyoga kelgandi.

Messining oilasida ko‘payish bo‘lgani sababli argentinalik futbolchi “Malaga”ga qarshi La Liga 28-turini qo‘yib yuborgandi. “Barselona” Luis Suares va Koutinoning gollari evaziga 2:0 hisobida zafar quchdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Messining xotini yangi chaqaloqning suratini ommaga ko‘rsatdi (foto)