Xabaringiz bor kelayotgan hafta avvalida Osiyo qit’asida yashil maydonlarida Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 4-tur o‘yinlari o‘tkaziladi.
O‘zbekiston chempioni “Lokomotiv” bu safar o‘z uyida Qatarning “Al Duhail” jamoasidan revansh olishga urinib ko‘radi. Bugun esa mazkur uchrashuv oldidan bir qator rasmiy tadbirlar bo‘lib o‘tadi.
Ushbu bellashuv oldidan "Lokomoti" klubi bosh murabbiyi Andrey Miklyayev o‘z fikrini bildirib o‘tdi: - Shuni ta’kidlash lozimki, ertaga qiziqarli va qiyin o‘yin bo‘lishi kutilmoqda. Biz raqibni Qatar chempioni bo‘lgani bilan tabriklaymiz. Ushbu jamoa texnikaga asoslangan o‘yin namoish etadi. Ertangi bellashuvda guruhdagi vaziyatni anglashga harakat qilamiz. Raqibimiz kuchli ekanligini inobatga olib, tarkibda rotatsiya qilishimiz mumkin. Rahbariyat tomonidan bizga guruhdan chiqish vazifasi qo‘yilgan. Undan so‘ng olg‘a intilaveramiz.
"Al-Duhaylga" qarshi birinchi uchrashuvning ikkinchi taymida futbolchilarimiz vaziyatni anglashdi. Ammo jamoamizga ozgina omad yetishmadi. Ertaga g‘alaba qozonish uchun nima qilish kerak degan savolga, shunday javob qaytarardim: faqat futbol o‘ynash kerak! Gollar urish ham lozim. "Al-Duhayl" safida yaxshi yetakchilar bor, shu qatori jamoa sardori ham ajoyib ta’surot koldirdi. Raqibimiz nafaqat guruh favoriti, shu qatori OChLda sovrinli o‘rinlar uchun ham kurasha oladigan jamoadir, - dedi Miklyayev o‘yin oldi matbuot anjumanida. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi