Ro‘ziqul Berdiyev: - Bo‘lajak o‘yinga tayyormiz. Raqibni yanada yaqinroq o‘rgandik. Ertaga nafaqat yaxshi natija uchun, balki chiroyli o‘yin ko‘rsatishga ham harakat qilamiz. Biz guruhda kuchli raqiblarga duch keldik, ammo orqada qolishni istamaymiz.
Ertaga bo‘ladigan o‘yinda ikkala jamoaga ham uch ochko zarur. G‘alaba qozonishimiz uchun hujum qilishimizga to‘g‘ri keladi. Lekin himoyani unutmasligimiz kerak. Chunki raqibimizning hujum chizig‘i juda kuchli shakllangan. Biz agar ertaga ochiq o‘yin namoyish qiladigan bo‘lsak, ularga oson bo‘lishi mumkin. Shundan kelib chiqib bo‘lajak o‘yinga reja tuzganmiz.
Takror aytaman guruhimizda kuchli jamoalar yig‘ilishgan. Hozir uchta jamoa bir xil, ya’ni olti ochkoga ega. “Al Vasl” jamoasi uchta mag‘lubiyatdan so‘ng, imkoniyatini pasaytirib yubordi. O‘ylaymanki, guruhdan chiqish uchun kurash mana shu uch jamoa o‘rtasida kechadi. Bu ham bo‘lsa taxmin, aslida bo‘lajak o‘yinlar natijasi bunga aniqlik kiritadi.
Dragan Cheran? Dragan Cheran ertaga bo‘ladigan o‘yinga tayyor, u bizga albatta yordam beradi.
Albatta biz Xaviga qarshi o‘ynashni uzoq kutdik (kuladi). Uni muxlislarimiz ham Qarshida kutishdi. Futbolchilarimiz ham unga qarshi o‘ynashni ishtiyoq bilan kutishayapti. Tarkibimizdagi yosh futbolchilar uchun bu quvonchli voqea bo‘lardi.
Aziz G‘aniyev: - Biz ertaga bo‘ladigan o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Raqibimizning qanday o‘yin ko‘rsatishi bizga ma’lum. “Al Sadd”ning kuchli hujumchilari bor. Biz raqibimizni hurmat qilgan holda ijobiy natijani qo‘lga kiritishga urinamiz. Muxlislarimiz bizdan shuni kutishmoqda.
Xaviga qarshi o‘ynash? Xavidek futbolchiga qarshi o‘ynash har bir futbolchi uchun sharaf. Biz Xavini Qarshida kutgan edik. Ammo u kelmadi. Takror aytaman, raqibimiz safida kim o‘ynashidan qatt’iy nazar, biz ertaga ijobiy natijani qo‘lga kiritish uchun o‘ynaymiz.
Manba: www.fcnasaf.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi