Xabaringiz bor, Qarshining "Nasaf" klubi ertaga OChL 4-turi doirasida Qatarda "Al Sadd" mehmoni bo‘ladi. Bugun mazkur jamoalar o‘rtasidagi bahs oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar ustozi Jezualdo Ferreyra hamda futbolchi Bag‘dod Bunedjalar ishtirok etishdi.
"Ertaga nihoyatda qiyin o‘yin o‘tkazamiz. O‘zbekistondagi o‘yindan so‘ng "Umm Salal"ga qarshi qiyin uchrashuv o‘tkazdik. Ichki chempionatda bizga yaxshigina bosim bor. Ertangi o‘yinda "Umm Salal"ga qarshi o‘ynay olmagan futbolchilarimiz jamoaga yordam bera olishadi. "Nasaf"ni mag‘lub etish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz.
Futbolda g‘alaba yoki mag‘lubiyat haqida avvaldan nimadir deb bo‘lmaydi. Ertaga g‘alaba uchun o‘z o‘yinimizni namoyish etamiz. Bu o‘yin Qarshidagi uchrashuvdan tubdan farq qiladi. "Al Sadd" bu o‘yinda "Nasaf"dan kuchliroq. Sababi, "Persepolis"ga qarshi o‘yinda bo‘lgani kabi o‘z muxlislarimiz ko‘z o‘ngida o‘ynaymiz, qaytaraman bu o‘yinda muxlislar madadi bizga zarur. Xavi ertaga "Nasaf"ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin. Ammo bu haqda aniq bir nima deya olmayman, lekin aniq aytadiganim, eronlik futbolchimizning ertaga bizga yordam bera olmasligidir... Bu jamoa uchun katta yo‘qotish", - deb aytib o‘tdi Ferreyra.
Shundan so‘ng Bunedja ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Ertaga har ikki jamoa uchun ham hal qiluvchi o‘yinlardan biri sanaladi. Har ikki klub ham g‘alaba uchun maydonga tushadi. Bizning bor e’tiborimiz o‘yinga qaratilgan. Jismoniy va ruhiy jihatdan o‘yinga tayyormiz. Ichki chempionatdagi sovrin "qulogini ushlab ketdi. Endi bor e’tibor OChLga qaratiladi. Biz futbolchilar o‘zaro gaplashib oldik, "Nasaf"ni yutish - yagona yo‘limizdir", - deb aytib o‘tdi Bunedja. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi