Toshkentda bo‘lib o‘tgan o‘yinda 2:1 hisobi qayd etilib mezbonlarning g‘alabasi bilan tugadi. Uchrashuv mezbonlarning ketma-ket hujumlari bilan boshlandi va bu tez orada o‘z samarasini berdi.
13-daqiqa o‘tib borayotgan bir vaqtda Tiago Bezerra jamoasining kombinatsiyasini muvaffaqiyatli yakunladi. Shundan so‘ng ham mezbonlar hujum uyushtirishda davom etdilar.
Oradan ko‘p o‘tmay AGMK himoyachisi o‘z jarima maydonchasida qo‘pollik ishlatdi, belgilangan penaltidan Ismoil Gonsalvesh unumli foydalandi va jamoasining ikkinchi golini urdi.
42-daqiqada Eldor Suyunov o‘z jarima maydoni ichida olmaliqliklar futbolchisini to‘xtatib qoldi va endi «Paxtakor» darvozasi tomon penalti belgilandi. 11 metrlik jarima zarbasini Yovan Jokich muvaffaqiyatli yakunladi.
Ikkinchi bo‘lim ikki tomonning hujumlari bilan boshlandi va jamoalarda bir qator qulay vaziyatlar yuzaga keldi. Biroq darvozalarga boshqa to‘p kiritilmadi.
Shu tariqa, «Paxtakor» muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi va ochkolarini 6taga yetkazib oldi, AGMK esa ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyatini tan olishga majbur bo‘ldi.
O‘zbekiston Superligasi, 3-tur.
«Paxtakor» – «AGMK» 2:1 (2:1, 0:0)
Gollar: Tiago Bezerra 13, Ismoil Gonsalvesh (21 penalti), - Yovan Jokich (42 penalti).
«Paxtakor»: Eldor Suyunov, Akmal Shoraxmedov, Sherzod A’zamov, Marko Simich (Kamoliddin Tojiyev 17), Farrux Sayfiyev, Rostin Griffist, Dilshod Raxmatullayev (Azim Ahmedov 85), Tiago Bezerra, Baxrom Abduraximov (Jamshid Iskanderov 79), Jaloliddin Masharipov, Ismoil Gonsalvesh.
«AGMK»: Pavel Myatash, Abduqahhor Hojiakbarov, Dilshod Jo‘rayev (Vadim Chemirtan 78), Zafar Polvonov, Shohnazar Norbekov (Abdumalik Abdullayev 71), Lutfulla To‘rayev, Vladimir Bubanya, Qahramon Bahodirov (Muxtorov 46), Vladislav Kasminin, Yovan Jokich, Javlon Guseynov.
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi