Italiyaning «Milan» klubi yangi rahbar qo‘liga o‘tishi mumkin. Bu haqda Kun nashri xabar tarqatdi.
Manba bergan xabarga ko‘ra, bu yangi xo‘jayin «Arsenal» klubida o‘z aksiyalariga ega bo‘lgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonov bo‘lishi mumkin. «Rossonerlar»ning amaldagi xo‘jayini Yonhong Li jamoani oyoqqa turg‘azish uchun «Elliott Menejment» fondidan kredit olgan va ularga ma’lum muddatda 303 million yevro to‘lab berishi kerak.
Usmonov fond rahbari Pol Singer bilan aloqalari yaxshi sanaladi, u «kanonirlar»ning ashaddiy muxlislaridan biri sanaladi. Agar xitoylik tadbirkor qarzlarini belgilangan muddatda (2018 yil oktyabrgacha) to‘lay olmasa, «Milan» «Elliott Menejment» hisobiga o‘tib ketishi mumkin. Shunday vaziyatda Usmonov Milan klubini sotib olishi mumkin bo‘ladi.
Calciomercato.com sayti xabarida qayd etilishicha, Usmonov futbolga katta investitsiya kiritish haqida jiddiy bosh qotirmoqda. Shuningdek uning uchun zaxira varianti sifatida «Sevilya» klubi ham tilga olinmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin