12:53 / 26.03.2018
4 317

Bugun O‘zbekiston OTJ Farg‘onada Keniyaga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi

Bugun O‘zbekiston OTJ Farg‘onada Keniyaga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi
Bugun Farg‘onada O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Keniya olimpiya terma jamoasiga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi.

Dastlabki o‘rtoqlik o‘yinida Ravshan Haydarov shogirdlari 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchrashgandi. Bugungi o‘yinda olimpiyachilarimiz ana o‘sha mag‘lubiyat uchun revansh olishga harakat qilishadi.

Umuman olganda, bu kabi o‘rtoqlik o‘yinlari Olimpiya terma jamoamiz uchun katta musobaqa oldidan muhim sinov vazifasini o‘tab berishi uchun tashkillashtirilayotganini ham ta’kidlab o‘tish zarur.

Shu yilning avgust oyida Indoneziyada Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Ravshan Haydarov jamoasi oldiga mazkur musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etish vazifasi qo‘yilgan. Bundan tashqari, Tokio – 2020 Olimpiadasiga yo‘llanma olish ham olimpiya terma jamoamiz oldidagi asosiy vazifa hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston OTJ – Keniya OTJ o‘yini Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida soat 20:00da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bugun O‘zbekiston OTJ Farg‘onada Keniyaga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi