
Rossiya terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Fransiyaga mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuv Sankt-Peterburg shahridagi shu nomli stadionda bo‘ldi va 1:3 hisobida yakun topdi.
Birinchi bo‘lim oxirlarida Kilian Mbappe ajoyib pasdan so‘ng hisobni ochdi. Tanaffusdan keyin Pol Pogba jarima to‘pini aniq amalga oshirib jamoasi ustunligini mustahkamladi.
Uchrashuvning 68 daqiqasida rossiyaliklar oradagi farqni qisqartirishdi. Bu yerda Fyodor Smolov o‘zini ko‘rsatdi. Shunga qaramay o‘yindagi so‘nggi nuqtani mehmonlar qo‘yishdi, 83 daqiqada Blez Matyuidi uzatgan to‘pni Mbappe Lunyovning oyoqlari orasidan o‘tkazib dubl qayd etdi.
O‘rtoqlik uchrashuvi
Rossiya – Fransiya 1:3
Gollar: 0:1 – 40 Mbappe, 0:2 – 49 Pogba, 1:2 – 68 Smolov, 1:3 – 83 Mbappe.
Rossiya – Lunev, Noyshtedter, Granat, Kudryashov (Cherыshev, 83), Samedov(Smolnikov, 46), Dzagoyev (Miranchuk, 54), Jirkov (Raush, 46), Miranchuk(Zabolotnыy, 66), Golovin, Yeroxin (Shvets, 76), Smolov.
Fransiya – Loris, Koselni, Lyuka Ernandes, Pavar, Umtiti (Kimpembe, 80), Pogba, Kante (Tolisso, 66), Rabo (Matyuidi, 81), Dembele (Jiru, 72), Marsyal (Grizmann, 58), Mbappe (Lemar, 86).
Ogohlantirishlar: Mbappe (52), Zabolotnыy (67), Miranchuk (82).
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar