
Professional boksda mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilayotgan Fazliddin G‘oyibnazarov (3-0-0, 1KOs) hamda Xurshidbek Normatov (5-0-0 2 KOs) ning navbatdagi jangi qachon o‘tkazilishi aniq bo‘ldi.
Fazliddin o‘zining to‘rtinchi jangini joriy yilning 12 may kuni Nyu Yorkdagi "Madison Square Garden" sport saroyida o‘tkazadi. Xurshidbek esa oltinchi jangini 5 may kuni Mashantaketdagi "Foxwoods Resort" mehmonxonasida o‘tkazadi.
Hozirda har ikki bokschimizga qarshi ringga tushadigan raqiblar nomi aniq emas. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar