Rossiyalik bokschi Aleksandr Povetkin hamda 3ta chempionlik kamariga ega buyuk britaniyalik bokschi Entoni Joshua o‘rtasida 2018 yil kuzida jang o‘tkazilish mumkin. Bu haqda Kun nashri «Mir boksa» kompaniyasi rahbari Andrey Ryabinskiyga asoslangan holda xabar tarqatdi.
1 aprelga o‘tar kechasi Kardiffdagi boks oqshomida Povetkin britaniyalik Devid Praysni beshinchi raundda nokautga uchratdi. Joshua esa shu arenada yangi zelandiyalik Jozef Parkerga qarshi 12 raundlik jangda hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alaba qozonib, WBA Super, IBO va IBF kamarlarini himoya qildi hamda WBO kamariga ega chiqdi.
«Biz Joshuaning promouteri Eddi Hirn bilan bo‘lg‘usi rejalarni muhokama qildik. Keyingi jang Povetkin va Joshua o‘rtasida kechishi haqida gaplashdik. Ammo hozircha shartnoma imzolanmagan, bu haqda aniq gap aytishga hali erta. Biz bu jangni yil oxiriga, balki kuzga o‘tkazishni rejalashtirmoqdamiz», degan Ryabinskiy.
Povetkin hozirda WBA Super kamari uchun Joshuaga majburiy da’vogar bo‘lib turibdi. Ayni vaqtda 38 yoshda bo‘lgan rossiyalik professional boksda 34 g‘alaba (24 nokaut) va bir mag‘lubiyat qayd etgan.
Joshua esa 21 jangda 21 g‘alabaga erishgan - 20ta jangda nokaut bilan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi