08:30 / 03.04.2018
3 418

Superligadagi bo‘linish va “oltin ochko” qoidasi ishga tushganda vaziyat qanday bo‘ladi?

Superligadagi bo‘linish va “oltin ochko” qoidasi ishga tushganda vaziyat qanday bo‘ladi?
O‘zbekiston Superligasining yangi formati kim uchundir tushunarli, kimgadir yo‘q. Chempionatda 4 ta tur yakuniga yetganidan kelib chiqib, endi har turdan keyingi holatni tasavvur qilib borishimiz mumkin bo‘ladi.

Reglamentga ko‘ra, 22-turdan keyin jamoalar 2 ta guruhga bo‘linadi. Dastlabki 6 jamoa chempionlik uchun kurash olib boradi, keyingi 6 tasi jon saqlab qolish uchun. Bunda “oltin ochko” qoidasi ishga tushadi. Ya’ni, har bir jamoa o‘zining yo‘lidagi raqiblariga qarshi o‘yinlari natijasini saqlab qoladi. O‘zga guruhdagi jamoalarga qarshi o‘yinlar natijasi esa 0 ga tenglashtirib yuboriladi. Bu o‘tkinchi o‘yinlar bo‘lmasligini ta’minlash uchun qilingan ish.

Hozirgi holatda dastlabki 6 o‘rinni egallab turgan jamoalarni alohida ajratib chiqsak, shunday manzara guvohi bo‘lamiz. “Bunyodkor” chempionlik uchun kurashda bo‘lganlardan faqatgina “Paxtakor”ni taslim qilgan. Qolgan jamoalar bilan esa to‘qnash kelmagan. Shunga qaramay, hozircha eng yaxshi natija unga tegishli.

Chempionlik yo‘lida
Bunyodkor 1 1 0 0 1:0 3
Qo‘qon-1912 2 1 0 1 1:1 3
Metallurg 2 0 2 0 1:1 2
Nasaf 1 0 1 0 1:1 1
Navbahor 2 0 1 1 0:1 1
Paxtakor 1 0 0 1 0:1 0

Ketma-ket ikki yillik chempioni “Lokomotiv” oltilikda bormayapti. Demak, ayni holatga ko‘ra, u jon saqlab qoluvchilar bilan bir guruhda qoladi. Biroq o‘sha jamoalarning o‘zaro o‘yinlari bo‘yicha ham “temiryo‘lchilar” eng yaxshisi emas. “So‘g‘diyona” esa bu borada yaqqol autsayder hisoblanadi.

Jon saqlash yo‘lida
Buxoro 1 1 0 0 3:0 3
Lokomotiv 2 1 0 1 3:1 3
AGMK 1 1 0 0 1:0 3
Qizilqum 2 1 0 1 3:4 3
Neftchi 1 0 1 0 0:0 1
So‘g‘diyona 3 0 1 2 1:6 1

P.S. Quyida ayni vaqtdagi turnir jadvali aks etgan. Kelasi tur natijalaridan keyin yuqoridagi jadvallar juda katta o‘zgarishga yuz tutadi. Biz yakuniy xulosaga faqatgina 22-turdan keyingina kelishimiz mumkin bo‘ladi.

5-tur
5 aprel (payshanba)

“Neftchi” – “AGMK” 18:00
“Qizilqum” – “Bunyodkor” 20:00

6 aprel (juma)
“Buxoro” – “Paxtakor” 18:00
“Metallurg” – “So‘g‘diyona” 20:00

7 aprel (shanba)
“Lokomotiv” – “Qo‘qon-1912” 18:00
“Navbahor”– “Nasaf” 20:00

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superligadagi bo‘linish va “oltin ochko” qoidasi ishga tushganda vaziyat qanday bo‘ladi?