20:12 / 05.04.2018
3 584

«Neftchi» o‘z maydonida AGMK jamoasiga mag‘lub bo‘ldi

«Neftchi» o‘z maydonida AGMK jamoasiga mag‘lub bo‘ldi
Superliga-2018 ning 5-turida Farg‘onaning «Neftchi» jamoasi o‘z maydonida AGMK futbolchilarini qabul qildi va 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lishdi.

Birinchi bo‘lim teng kurashlar ostida kechdi ammo hisob ochilmadi. «Neftchi» klubi bosh murabbiyi hujum chig‘ida markaziy himoyachini qo‘yib o‘ziga hos sinovni amalga oshirdi. Ikkinchi bo‘limning 49-daqiqasida Lutfulla To‘rayev mehmonlarni oldinga olib chiqdi. «Neftchi» futbolchilari o‘tkazib yuborilgan goldan keyin hujumga otlanishdi va yana to‘p o‘tkazib yuborishdi. 63-daqiqada Vidim Chemirtan hisobni 0:2 ko‘rinishiga olib keldi. Jalil Kimsanov oradagi farqni qisqartirishga muvaffaq bo‘lgan bo‘lsada o‘yin oxirida AGMK futbolchilar penalti tepish imkoniyatini qo‘lga kiritishdi. Darvozabon jarima maydoni ichida Chemirtanni yiqitdi, Ravshan Ermatov ikkilanmasdan 11 metrlik nuqtaga ishora qildi. Jarima to‘pini Yovan Jokich aniq amalga oshirib so‘nggi nuqtani qo‘ydi.

Superliga – 2018 5-tur
«Neftchi» - AGMK 1:3 (0:0)

Gollar:
Lutfulla To‘rayev 49, - 0:1 . Vadim Chemirtan 63, - 0:2. Jalil Kimsanov 79, - 1:2. Yovan Jokich 90+3 penalti, - 1:3.

«Neftchi»: 77.Vitaliy Mirniy, 3.Shukurali Po‘latov, 5.Jalil Kimsanov, 9.Abdul Aziz Yusupov (8.Abbosbek Maxstaliyev, 61), 10.Anvar Berdiyev (6.Otabek Ahmadjonov, 82), 20.Husniddin G‘ofurov, 22.Abdujamol Isroilov, 23.Abdurahmon Abdulhaqov, 27.Davron Mamatov (19.Avazbek O‘lmasaliyev, 60), 55.Avaz Agaliyev, 95.Doston Tursunov

AGMK: 33.Pavel Matyash, 2.Abduqahhor Xojiakbarov, 4.Xurshidbek Muxtorov, 8.Muzaffar Muzaffarov (5.Dilshod Jo‘rayev, 83), 9.Zafar Polvonov (87.Vadim Chemirtan, 30), 10.Shoxnazar Norbekov (22.Abdumalik Abdullayev, 85), 13.Lutfulla To‘rayev, 15.Vladimir Bubanya, 19.Vladislav Kasminin, 23.Yovan Jokich, 24.Javlon Guseynov

Ogohlantirishlar: Husniddin G‘ofurov 33, Vladislav Kasminin 38, Vadim Chemirtan 59.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Neftchi» o‘z maydonida AGMK jamoasiga mag‘lub bo‘ldi