
Braziliya terma jamoasi, «Chelsi» va Toshkentning «Bunyodkor» klubi sobiq bosh murabbiyi Luis Felipe Skolari «Vest Bromvich» jamoasini boshqarishi mumkinligini aytib o‘tdi. «Vest Bromvich» kuni kecha Alan Pardyu bilan xayrlashdi va klub yangi bosh murabbiy izlamoqda.
56 yoshli Skolari Chempionshipda ham ishlashga tayyorligini bildirdi, chunki «Vest Bromvich» hozirda APL so‘nggi pog‘onasida bormoqda va elitani tark etishga birinchi da’vogar.
«Menga premer-liga juda yoqadi, doim kuzatib boraman. Balkim yanagi yil o‘sha yerda ishlarman. Uzr so‘rayman, premer-ligada emas, ikkinchi divizionda. Menda hozir taklif bor va ular nima istayotganini anglamoqchiman. Allaqachon oilamga aytib qo‘ydim: Uch oy Braziliyada – yanvar, fevral, mart, aprelda esa yana chet elga ketishim mumkin.
Angliyaning ikkinchi divizion vakilidan jiddiy taklif bor. Hozir ular APLda, ammo men o‘ylaymanki ular chiqib ketadi. Agar ularning loyihasi ikki yilga mo‘ljallangan bo‘lsa. Balkim rozilik berarman», - deydi Skolari. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar