Superliga 5-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv” - “Qo‘qon-1912” uchrashuvida bosh hakamga yordam bergan Akbar Quvvatov qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ygani uchun jazolanadi. Bu haqda O‘zPFL rasmiy sayti xabar bermoqda.
Valentin Kovalenko boshqarib borgan bellashuvning 17-daqiqasida “Lokomotiv” futbolchilari hisobni tenglashtirishga erishdi. Takroriy lavhalar gol o‘yindan tashqari holatdan kiritilganini ko‘rsatdi.
O‘sha vaziyatda qanot hakami Akbar Quvvatov so‘nggi himoyachi bilan bir chiziqda turishi va Marat Bikmayevning o‘yindan tashqari holatda ekanini aniqlab, bayroqchasini ko‘tarishi kerak edi. Biroq laynsmen bu vaziyatni e’tibordan chetda qoldirdi. Oqibatda uning xatosi o‘yin natijasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.
“Lokomotiv” - “Qo‘qon-1912” uchrashuvi nazoratchisining bildirgisiga asosan Akbar Quvvatov 4 ballga (2 baho) loyiq ko‘rildi. Endilikda u Superliga o‘yinlariga qo‘yilmaydi. Jazo muddati qancha vaqt davom etishini O‘FF Hakamlar qo‘mitasi hal qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global Janub kimniki?
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi