
«Manchester Siti» klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola YeChL chorak final javob bahsi doirasida «Liverpul»ga qarshi kechadigan o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Albatta, keyingi bosqichga chiqish uchun biz deyarli ideal o‘yin o‘tkazishimiz kerak: vaziyat yaratish, yuqori aniqlikda o‘ynash va raqibni to‘xtata olish. Oldinda 90 daqiqa turibdi va hamma narsa bo‘lishi mumkin. Kerakli o‘yinni namoyish qilishga harakat qilamiz.
Bizda ajoyib tarkib yig‘ilgan. Bunday jamoa bilan ishlashdan shodman. Bizga yevrokuboklar kerak. Klubning barcha ishi katta muvaffaqiyatga erishishga mo‘ljallangan. Balki, bu mavsumdamasdir, ammo kelajakda biz ularni qo‘lga kiritamiz», — deydi Gvardiola.
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar