18:10 / 11.04.2018
2 833

Futbol, bunchalar ham jozibador bo‘lmasang?!

Futbol, bunchalar ham jozibador bo‘lmasang?!
Baribir futbol birinchi raqamli sport turi. Boks ham, basketbol ham, xokkey ham, beysbol ham qo‘yiingki, birontasi u bilan bellasha olmaydi. Futbolni domi boshqa, u yomon tortadi. Bunga kechagi o‘yinlarda ham amin bo‘ldik.

Qudratli "Barselona" sal e’tiborsizlik qilgandi, "Roma"dan uchta gol qabul qilib oldi. Bunaqasi faqat futbolda bo‘ladi. Gohida megayulduzlar ham hech narsa qila olishmadi. Aksincha, agar jamoa birlashib, jipslashsa har qanday raqibga qarshi tura oladi.

Gvardiola - Klopp qarama-qarshiligi ham xuddi shunaqa bo‘ldi. Javob uchrashuvi oldidan butun dunyo matbuoti "Siti"ning so‘zsiz g‘alabasini kutdi. Hatto, tezkor gol urilishi va tanaffusgacha 2:0 bo‘lishi ta’kidlandi. Mana shu vaziyat uchun bukmekerlik korxonalari juda ko‘plab "stavkalar"ni qabul qila boshladi va katta miqdorda pul ham ishlab olishdi. Shunaqasi ham bo‘lar ekan. Ayrim "Liverpul" muxlislari esa, o‘yin boshlanmasdanoq mag‘lubiyatga rozi bo‘lib o‘tirishdi. "Dag‘-dag‘" titraganlari ham bo‘ldi, ishonavering.

To‘g‘rida, hammaga ma’lum mezonlarning oxiri shunga qarab ketayotgandi. "Siti"ni finalga chiqarib qo‘yishgandi, allaqachon. Futbol degan ajoyib sport turi esa bunaqa bo‘lishiga yo‘l qo‘ymadi. Boshqacha omillar ham borligini ko‘rsatib berdi. Shuning uchun ham u jozibador va o‘ziga tortguchidir.

Qani edi, bizning futbolchilarda ham shunaqa tuyg‘ular bo‘lsa. Futbolni kasb emas, aksincha muxlislarga quvonch ulashadigan, hammani birlashtiradigan jihatga aylantirishsa... Bizga shunda murabbiy ham kerak bo‘lmasdi. Hamma ishni maydonda birlashgan va yakdil jamoaning o‘zi hal qilardi.

Afsus, Rossidagi Jahon chempionatidan mana shu narsa tufayli qolib ketdik. Siyqasi chiqsa ham aytamiz: o‘sha mashhur "D'Artanyan va uch mushketer" filmidagi "Bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun" degan ibora naqadar dolzab edi va bizga juda zarur bo‘lgandi...

Termamiz bu yil rasmiy musobaqalarda ishtirok etmaydi. Faqatgina kelasi yili BAA davlatida o‘tadigan Osiyo kubogida maydonga chiqishadi. Ularga jipslashishni singdirib, sherigini ko‘ra olmaslik tuyg‘usini, yo‘qotishimiz lozim. Ha, bizda uchrab turadi, jamoadoshining muvaffaqqiyatini ko‘ra olmaslik holatlari.

Endi, boshqacha ishlash kerak. Ruhiyatni tozalash kerak. Mahorat va tajriba ularda bor.

Muhamad Saloh yoki "Roma"dan kechagi shijoatdan o‘rganishimiz kerak. Futbol u qadar qiyin o‘yin emas. Shunchaki, futbolchilar hammasini to‘g‘ri bajarishsa bo‘ldi.

O‘zbek futboliga mana shu jihatlar kerak.
A.Akbarov

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Futbol, bunchalar ham jozibador bo‘lmasang?!