Xabaringiz bor, YeChL chorak final “Real” – “Yuventus” bahsining oxirgi daqiqalarida uchrashuv bosh hakami turinliklar darvozasi tomon penalti belgiladi va uning qaroriga qarshi chiqqan Janluiji Buffonga qizil kartochka ko‘rsatdi.
Ushbu holatni futbol jamoatchiligi keng muhokama qilmoqda. Bu borada “SPORTS.uz haftasi” ko‘rsatuvi eksperti Davron Fayziyev quyidagi fikrlarni bildirdi.
- Referining vazifasi faqat o‘yin qoidalariga amal qilish emas, istisno holatlari bo‘ladiki, o‘yinga kirishib ketishi kerak. Uchrashuv hakami buni amalga oshira olmadi. O‘sha vaziyatda qizilning o‘rniga sariq kartochka ko‘rsatilsa, “Real” muxlislari ham e’tiroz bildirishmasdi.
Bosh hakam o‘zini haqoratlanganini qoidaga zid deb hisobladi, shu narsa hayolida paydo bo‘ldi. Lekin nima bo‘layotganini his eta olmadi. Penalti berding, masala hal. O‘sha holatda referi o‘ylashi kerak edi. Bunday holatlarda butun jamoa uning oldiga yugurib keladi. Mayli, haqorat qilsin, nima qilsa ham futbolchilar gapiradi. 11 metrli jarima zarbasini belgilashni bo‘yniga oldimi, demak haqorat eshitishni ham bo‘yniga olishi darkor. O‘shanda o‘ziga nisbatan ham e’tirozlar kamroq bo‘lardi, - dedi Davron Fayziyev. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi