date
views 3 541

Superliga 10-turida stadionlarda tekin «Pepsi» tarqatiladi

Superliga 10-turida stadionlarda tekin «Pepsi» tarqatiladi
Superliga uchrashuvlari tobora qizg‘in tus olmoqda. Jamoalar har bir o‘yinda g‘alaba uchun astoyidil kurashishmoqda, bu esa uchrashuvlarni tomosha qilish uchun stadionlarga tashrif buyurayotgan muxlislarga ham katta zavq bag‘ishlayapti.

O‘z o‘rnida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Professional futbol ligasi rahbariyati stadionlarga yanada ko‘proq futbol muxlislarini jalb qilish maqsadida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirishmoqda.

Superliganing 10-turi o‘ziga xos kichik yubiley tur hisoblanadi. Mana shu turda stadionlarda haqiqiy futbol bayrami tashkil qilish, muxlislarga yanada ko‘proq qulayliklar yaratish maqsadida bir qator qiziqarli yangiliklar yo‘lga qo‘yiladi, — deb yozmoqda tashkilot rasmiy sayti.

Jumladan, 10-turda o‘yinlar bo‘lib o‘tadigan 6ta stadionning har birida o‘yinni tomosha qilish uchun kelgan muxlislarga Superliga titul homiysi “PEPSI” kompaniyasi tomonidan bepul salqin ichimliklar tarqatiladi.

10-tur o‘yinlari oldidan stadionlarda estradamiz yulduzlari ishtirokida qiziqarli shou-dasturlar namoyish qilinadi.

Shuningdek, stadionlarga oilaviy tashrif buyuradigan muxlislar va jajji bolakaylar uchun bir qator qiziqarli attraksionlar, turli sovrinli o‘yinlar tashkil qilinadi. Stadionlarda velosiped va roliklar ijarasi yo‘lga qo‘yilib, o‘yin boshlangunga qadar muxlislar ulardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan 10-turning har bir o‘yiniga 2 mingtadan chiptalar bepul muxlislarga tarqatiladi.

Superliga uchrashuvlarini tomosha qilish uchun stadionlarga kelgan muxlislar shu kuni mazza qilib hordiq chiqarishlari, vaqtlari chog‘ o‘tkazib, qiziqarli kurashlarga boy chempionat o‘yinlarini tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Superliga uchrashuvlarini tomosha qilish uchun stadionlarga tashrif buyuring va o‘zingizni sevimli jamoangizni qo‘llab-quvvatlang!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga 10-turida stadionlarda tekin «Pepsi» tarqatiladi