
Futbol bo‘yicha Eron terma jamoasi 2018 yilgi jahon chempionatidan avval, O‘zbekiston terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi. Bu haqda Eron mahalliy nashrlari xabar bermoqda, deb yozadi Kun nashri.
Ma’lum qilinishicha, mazkur o‘rtoqlik uchrashuvi joriy yilning 19 may kuni Tehrondagi «Ozodi» maydonida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, eronliklar Rossiyadagi turnirga qadar, Turkiya va Gretsiya terma jamoalari bilan ham o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, eronlik futbolchilar JCh-2018 saralash o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi bilan A guruhida bellashib, o‘zbekistonliklarni ikki marta mag‘lub etgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar