date
views 3 372

Venger Yaponiya yoki Xitoy termasini boshqarishi mumkin

Venger Yaponiya yoki Xitoy termasini boshqarishi mumkin
Mavsum so‘nggida “Arsenal”ni tark etishini e’lon qilgan Arsen Vengerga 4 ta joydan yangi chaqiruv bo‘lmoqda. Bu haqda Sports.uz xabar bermoqda.

Xitoy rahbariyati mamlakat futboli rivojida 68 yoshli mutaxassisga ishonch bildirishga tayyor. Shuningdek, fransiyalik murabbiy Yaponiyaga qaytib, mamlakat bosh jamoasini boshqarishi mumkin.

U 1995-1996 yillarda “Nagoya Grampus”ga ustozlik qilgan edi.

Shuningdek, Venger “Borussiya Dortmund”ni o‘z qo‘liga olishi mumkin ekanligi aytilmoqda. Arsen nemis tilida ham bemalol muloqot qila oladi.

Bundan tashqari, Venger PSJ strukturasida ham ish boshlashi mumkinligi aytilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Venger Yaponiya yoki Xitoy termasini boshqarishi mumkin