Superliganing 9-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv” va “Paxtakor” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvga “Bunyodkor” stadioni mezbonlik qiladi.
Bu haqda PFL rasmiy sayti mazkur xabarni tasdiqlovchi ma’lumotni chop etdi.
"Mazkur bellashuv 29 aprel — yakshanba kuniga tayin qilingan bo‘lib, uning 20:00da start olishi belgilab qo‘yilgandi. “Lokomotiv” futbol klubi xavfsizlik masalasi hamda stadion atrofida boshlangan ta’mirlash ishlaridan kelib chiqib, uchrashuvni “Bunyodkor” stadioniga ko‘chirishni so‘rab, PFLga murojaat bilan chiqdi. “Sport” telekanali bilan rejalashtirilgan o‘yin vaqti esa o‘zgarmadi. Shuningdek, 9-turning yakshanba kuni o‘tishi kerak bo‘lgan yana 2ta uchrashuvida ham vaqt masalasi o‘zgarishsiz qoldi:
“Metallurg” - “Buxoro 16:00
“Navbahor” - “Neftchi” 18:00
Toshkent derbisining “Bunyodkor” stadionida o‘tishi muxlislarga ham qo‘shimcha qulayliklar yaratishi mumkin. 8-turdan o‘rin olgan “Bunyodkor” — “Lokomotiv” o‘yiniga 15 mingdan ziyod futbol muxlisi tashrif buyurdi. “Temiryo‘lchilar”ning “Paxtakor”ga qarshi o‘yinida ham muxlislar tashrifi yuqori bo‘lishi kutilmoqda.
Madaniy xordiq chiqarish istagida bo‘lgan yurtdoshlarimiz yilning eng yaxshi o‘yinlaridan birini dam olish kuni “Bunyodkor” stadionida tomosha qilishlari mumkin", - deyiladi PFL rasmiy saytida berilgan xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi
Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi
Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi
Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin”
Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan