
2017/18 yilgi Chempionlar Ligasi yarim finalining ilk javob o‘yini o‘tkazildi.
Madridda kechagan "Real Madrid" hamda "Bavariya" o‘rtasidagi bahs 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
O‘yinning 3-daqiqasida Kimmix tezkor gol urib, mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan 8 daqiqa o‘tib, Benzema hisobni tenglashtirdi.
Ikkinchi bo‘limning ilk daqiqasidayoq himoyachilar xatosidan unumli foydalangan Benzema jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. 63-daqiqada Xames myunxenliklarning 2-golini kiritib, yakuniy hisobni o‘rnatdi.
Shu tariqa, madridliklar ikki o‘yin natijasiga ko‘ra final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Chempionlar Ligasi. 1/2 final
Javob o‘yini
Real Madrid Ispaniya – Bavariya Germaniya 2:2
Gollar: 0:1 – 3 Kimmix, 1:1 – 11 Benzema, 2:1 – 46 Benzema, 2:2 – 63 Xames.
Real Madrid – Navas, Ramos, Varan, Marselo, Modrich, Vaskes, Asensio (Nacho, 88), Kovachich (Kazemiro, 73), Kroos, Benzema (Beyl, 72), Ronaldu.
Bavariya – Ulrayx, Xummels, Zyule, Alaba, Tolisso (Vagner, 75), Kimmix, Xames (Martines, 84), Alkantara, Riberi, Levandovski, Myuller.
Ogohlantirishlar: Modrich (62), Vaskes (65), Varan (88), Kazemiro (89).
Dastlabki o‘yin: 2:1
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar