FIFA prezidenti Janni Infantino xalqaro futbol musobaqalarini tubdan modernizatsiya qilishni rejalashtirmoqda.
Reuters axborot agentligining ma’lum qilishicha, Infantinoning rejasiga Konfederatsiyalar kubogi kirmaydi. Infantinoning taklifiga ko‘ra, bu musobaqa har 2 yilda bir marta toq yillarda o‘tkaziladigan va 8 ta jamoa ishtirok etadigan yangi jahon chempionati bilan o‘zgartiriladi. Musobaqaning loyihaviy nomi “Sakkizlik finali” bo‘lib, uning doirasida ilk musobaqa 2021 yilning oktyabr-noyabr oylarida o‘tkazilmoqchi.
Yangi jahon chempionati terma jamoalarning o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘rnini egallashga chorlangan Millatlar ligasining kulminatsiyasi bo‘ladi. Biroq hozircha Infantinoning g‘oyasini Millatlar ligasida faqat Yevropa jamoalari ishtirok etishi bilan qanday uyg‘unlashtirish mumkinligi noaniq bo‘lib qolmoqda.
Infantino bildirayotgan yana bir taklif klublar o‘rtasida 24 ta jamoa ishtirok etadigan jahon kubogini tashkil etish hisoblanadi, uni ham 2021 yilda boshlash rejalashtirilgan.
“Sakkizlik finali” Yevropa chempionati, Afrika millatlari kubogi, Kopa Amerika va jahon chempionatiga saralash musobaqalari o‘tkazilishiga xalaqit qilmaydi.
Infantinoning yana bir yirik islohotlaridan biri jahon chempionatida ishtirok etuvchi jamoalar sonini 32 tadan 48 tagacha oshirish hisoblanadi.
Infantinoning “Sakkizlik finali” bo‘yicha taklifini FIFA kengashi ma’qullashi kerak. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi