18:55 / 07.05.2018
3 786

Bahodir Jalolov: "Olimpiada oltin medalini olishim kerak, chunki vatanimdan qarzim bor"

Баҳодир Жалолов: "Олимпиада олтин медалини олишим керак, чунки ватанимдан қарзим бор"
6 may sanasida Osiyo chempioni, Jahon chempionati sovrindori Bahodir Jalolov professional ringdagi ilk jangini o‘tkazdi va g‘alaba qozondi. Milliy olimpiya qo‘mitasi axborot xizmati esa bokschi bilan intervyu uyushtirdi.

Jang juda yaxshi o‘tdi. Raqibim meksikalik tajribali charm qo‘lqop ustasi edi. Bellashuv uchun taktika ishlab chiqdik va g‘alaba qozona oldik. Ushbu yutuqni yurtdoshlarimga bag‘ishlayman. Chunki xalqimning duosi bilan mana shu muvaffaqiyatga erishdim. Bizga sharoit yaratib berayotgan Milliy olimpiya qo‘mitasiga minnatdorchilik bildirmoqchiman. E’tibor uchun rahmat aytaman. Keyingi jangimni iyun oyida tashkil qilamiz. Raqib hozircha noma’lum. Oldimga qo‘ygan maqsadim katta. Nasib qilsa, 2020 yilda Tokioda o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etaman. U yerda oltin medalni qo‘lga kiritishim kerak. Chunki vatanimdan oltin medal qarzim bor. Nasib qilsa Olimpiya o‘yinlari chempioni bo‘laman. Va, albatta, professional boksda ham chempionlik kamarini qo‘lga kiritib, O‘zbekistonni yanada dunyoga tanitaman. Og‘ir vazn toifasidagi chempionlik kamari nasib qilsa bir kun kelib menda bo‘ladi.

Bahodir Jalolov, professional bokschi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bahodir Jalolov: "Olimpiada oltin medalini olishim kerak, chunki vatanimdan qarzim bor"