3 931
Ro‘ziqul Berdiyev: "Moliyaviy holat o‘zgarishsiz! "Nasaf"ni ba’zi futbolchilar tark etishi mumkin"
Superliganing 11-turi doirasidagi "Nasaf" - "Paxtakor" (2:3) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida "ajdarlar" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev qatnashdi.
- Bugungi o‘yinda 70 daqiqa "Paxtakor"ga qarshilik ko‘rsata oldik. Oxirgi 20 daqiqani esa yaxshi tugata olmadik. Aynan uchrashuvning shu qismidan keyin "Paxtakor" katta tashabbusga ega bo‘ldi. O‘yinga tayyorlangan taktika: raqibni o‘z jarima maydonchasi atrofida pressing orqali ta’qib qilish edi. Buni qaysidir ma’noda uddaladik, ammo himoyadagi oson xatolar qimmatga tushdi. Aynan shu jihatlar bugungi mag‘lubiyatga sabab bo‘ldi. Bu bahona emas.
Moliyaviy holat? Hech qanday o‘zgarishsiz ketmoqda jarayon. Klubning moliyaviy holati yaxshilangani yo‘q. Bu narsa albatta futbolchilarga ruhiy taraflama ta’sir qilishi aniq. Ammo bu narsaga e’tibor bermasdan futbolchilarni o‘yinga tayyorlashga, o‘yinimizni to‘g‘rilashga harakat qilyapmiz. Lekin jamoaning umumiy jismoniy holati yomon ahvolda. Futbolchilarni hech birini harakat qilmadi deb ayblay olmayman. Jamoaning mavjud kuchi bugun 70 daqiqagacha chidab berdi. Undan keyin toliqish o‘yinga ta’sir ko‘rsatdi. Moliyaviy holatni yaxshilanishini kutib turibmiz. Afsuski hech qanday yangilik yoki o‘zgarish bo‘lmayapti.
Balki "Nasaf" qaysidir futbolchilar bilan xayrlashishga to‘g‘ri kelishi mumkin. Chunki bu holat davom etaversa, unda futbolchilarni o‘yinga tayyorlash juda qiyin bo‘ladi. Murabbiy sifatida albatta bu vaziyatdan chiqishga harakat qilyapmiz. Lekin bu juda og‘ir bo‘lmoqda. "Nasaf" nafaqat jismonan, balki ruhan ham yaxshi tayyorgarlikka ega emas. Bu esa ketma-ket muvaffaqiyatsiz seriyalarga ham olib kelmoqda. Oldimizda o‘yinlar bor, vaziyatni o‘nglashga harakat qilamiz. Garchi vaziyat qanchalik qiyin bo‘lmasin, vazifa - jamoani o‘nglash.
Superliganing birinchi davrasida oson o‘yinlarning o‘zi bo‘lgani yo‘q. Barcha bahslar keskin kurashlar va shiddatli o‘tmoqda. O‘yinlarni saviyasi o‘zgargani ko‘rinib turibdi. Biz uchun eng qiyin uchrashuv? G‘alaba qozongan bahslarimizda oson bo‘lgani yo‘q. "Nasaf" g‘alabaga erishmayaptimi, demak barcha uchrashuvlar juda qiyin o‘tmoqda", - deydi Ro‘ziqul Berdiyev. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi