11:05 / 28.05.2018
2 745

Minglab odamlar Salohga jarohat yetkazgan Serxio Ramosni jazolashni talab qilishmoqda

Minglab odamlar Salohga jarohat yetkazgan Serxio Ramosni jazolashni talab qilishmoqda
Change.org platformasida Madridning “Real” klubi sardori Serxio Ramosni Chempionlar ligasi finalida “Liverpul” yetakchisi Muhammad Salohga to‘p uchun kurash vaqtida jarohat yetkazgani uchun jazolash talab qilingan petitsiya paydo bo‘ldi. Ayni vaqtda bu arznomani 197 ming kishi imzolagan.

Petitsiya UYeFA va FIFA nomiga bildirilgan. Uning maulliflari Ramos Salohga ataylab jarohat yetkazgan, deb hisoblashmoqda. Ularning fikricha, “Real” himoyachisi keyingi avlod o‘yinchilariga “dahshatli” o‘rnak ko‘rsatmoqda.

Saloh uchrashuvning 28-daqiqasida yelkasidan jarohat oldi. To‘p uchun kurashda Ramos Salohning qo‘lidan ushlab, uni maydonga “kurashchilarga xos tarzda” uloqtirgan. Buning oqibatida misrlikning yelkasi chiqib ketgan.

Misr sport vaziri Xolid Abdulaziz hujumchi 2 hafta ichida tiklanishini ma’lum qilgan. U Saloh jahon chempionatiga boradigan terma jamoa tarkibiga kiritilishi kerakligini qo‘shimcha qilgan. Ushbu tarkib 4 iyunda e’lon qilinadi.

Salohning maydonni tark etishi shubhasiz o‘yinning borishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Natijada mersisaydliklar madridliklarga 3:1 hisobida imkoniyatni boy berishgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)