10:00 / 30.05.2018
4 156

“Gubernator kubogi”: 7 nafar bokschimiz oltin medal uchun kurashadi

"Губернатор кубоги": 7 нафар боксчимиз олтин медал учун курашади
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi “Zimniy” stadionida boks búyicha “Gubernator kubogi” musobaqasida barcha finalchilar nomi aniq bo‘ldi.

Bu nufuzli musobaqada Rossiya, Belarusiya, Kuba, Ukraina, Bolgariya, Armaniston, Moldova, Ruminiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va boshqa davlatlardan kelgan eng kuchli bokschilar ishtirok etishmokda.

Hamyurtlarimizdan Rio Olimpiadasi chempionlari Hasanboy Do‘smatov rossiyalik Umed Bobojenovni, Shahobiddin Zoirov qirg‘izistonlik Sirojiddin Abdullayevni, Miraziz Mirzahalilov rossiyalik Baxtovar Nazirovni, Shunqor Abdurasulov qozog‘istonlik Adlet Kurmetovni, Isroil Madrimov belaruslik Vitaliy Bondarenkoni, Bektemir Meliqo‘ziyev rossiyalik Andrey Kosenkovni, eng og‘ir vazndagi Bahodir Jalolov esa yana bir mezbon bokschisi Ilya Kvasnikovni mag‘lubiyatga uchratdi.

Jasurbek Latipov qozog‘istonlik Azat Maxmetovga, Iqboljon Xoldorov rossiyalik Pavel Fyodorovga, Sanjar Tursunov esa yana bir rus bokschisi Muslim Gadjimagomedovga imkoniyatni boy berib, xalqaro turnirning bronza medali bilan taqdirlanishdi.

Mazkur musobaqada terma jamoamiz a’zolaridan 7 nafari finalga chiqdi. Quyida 31 may kuni bo‘lib o‘tadigan final bahsida ringga ko‘tariladigan sportchilar bilan tanishasiz.

-49 kg: Hasanboy Do‘smatov - Bator Sagaluyev (Rossiya)

-52 kg: Jasurbek Latipov - bronza medal

-56 kg: Shahobiddin Zoirov - Miraziz Mirzahalilov

-60 kg: Shunqor Abdurasulov - Albert Batыrgaziyev (Rossiya)

-64 kg: Iqboljon Xoldorov - bronza medal

-75 kg: Isroil Madrimov - Gleb Bakshi (Rossiya)

-81 kg: Bektemir Meliqo‘ziyev - Georgiy Kushitashvili (Rossiya)

-91 kg: Sanjar Tursunov - bronza medali

+91kg: Bahodir Jalolov - Vladislav Muravin (Rossiya)

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Gubernator kubogi”: 7 nafar bokschimiz oltin medal uchun kurashadi