23:12 / 03.06.2018
3 467

O‘zbekiston MTJ nihoyat Urugvayga yetib bordi

O‘zbekiston MTJ nihoyat Urugvayga yetib bordi
Foto: «the-uff.com»
O‘zbekiston milliy terma jamoasi safarda Urugvay terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etish uchun kecha tongda Toshkent aeroportidan jo‘nab ketishgandi.

O‘FAning xabar berishicha, milliy terma jamoamiz a’zolari nihoyat Urugvay poytaxtiga yetib borishgan. Futbolchi va murabbiylar Montevideo shahridagi «Raddison Montevideo Victoria Plaza» mehmonxonasiga joylashishgan.

Rossiyada bo‘lib o‘tadigan 2018 yilgi Jahon chempionati ishtirokchisi bo‘lgan Urugvay bilan bo‘ladigan o‘yin navbatdagi katta musobaqalar oldidan futbolchilarimiz uchun katta tajriba bo‘lishi aniq.

Eslatib o‘tamiz, Urugvayga qarshi uchrashuv 7 iyundan 8 iyunga o‘tar kuni Toshkent vaqti bilan tong saharda soat 04:00da boshlanadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston MTJ nihoyat Urugvayga yetib bordi