
Foto: fc-olmaliq.uz
Bugun kunning ikkinchi yarmida jamoamiz istiqomat qilayotgan "O‘zbekiston" mehmonxonasida jamoa a’zolari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
AGMK futbol klubi bosh direktori Ibrohim Yuldashev jamoada yuzaga kelgan o‘zgarishlar borasida so‘z yuritib, joriy mavsumda jamoani qolgan vaqt mobaynida kim boshqarib borishiga oydinlik kiritdi. Jamoa rahbariyati AGMKni mavsum yakuniga qadar taniqli murabbiy Baxtiyor Ashurmatov boshqarishini lozim topganligi e’lon qilindi.
Baxtiyor A’zamovich shu kunga qadar "Buxoro" futbol klubi murabbiylar shtabida faoliyat olib borayotgandi.
Jamoa rahbariyati jamoa oldiga qo‘yilgan vazifa o‘zgarmaganligini ta’kidlab o‘tdi. Shu bilan bir qatorda yangi murabbiyga Olmaliqdagi faoliyati omadli bo‘lishiga tilak bildirildi.
O‘z navbatida Baxtiyor A’zamovich ham so‘z olib, bildirilgan ishonch uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Mas’uliyatli yo‘lda, jamoa oldiga qo‘yilgan vazifani ado etish borasida jiddiy ish olib borishini aytib o‘tdi.
Ashurmatovdan tashqari bunga qadar yoshlar jamoamizda faoliyat olib borgan A’zam Sherg‘oziyev ham asosiy tarkibga o‘tkazildi.
Yaqin kunlarda jamoada yuzaga kelgan boshqa bo‘sh o‘rinlarga ham munosib nomzodlar saralab olinadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar