12:26 / 08.06.2018
3 807

JCh-2018 ishtirokchilari qanchadan mukofot puli olishlari mumkin?

JCh-2018 ishtirokchilari qanchadan mukofot puli olishlari mumkin?
JAHON ChEMPIONATI BONUS XALTASI

Mundialda jamoalar faqat sovrinli o‘rinlar emas, balki moddiy rag‘bat uchun ham jon kuydiradi.

Ya’ni har bir milliy terma futbolchilari FIFA belgilagan mukofot jamg‘armasidan imkon qadar ko‘proq undirish ilinjida bo‘lishadi.

Qolaversa, milliy federatsiyalar tomonidan muayyan natija uchun va’da qilingan mukofot to‘lovi ham ularga qo‘shimcha motivatsiya beradi.

FIFA MUKOFOT JAMG‘ARMASI

400 million dollar - FIFA bo‘lajak jahon chempionatida ishtirok etuvchi 32 ta terma jamoani moddiy rag‘batlantirish uchun shuncha mablag‘ ajratib qo‘ygan. Taqsimotga ko‘ra, har bir jamoa JChda o‘ynagani evaziga 9,5 million dollar oladi - bu kafolatlangan qat’iy bonus.

Ushbu summani qanchalik ko‘paytirish esa ishtirokchi termalarning o‘ziga bog‘liq. Misol uchun, Rossiyada jahon kubogini yutgan jamoa 38 million yevro oladi (JCh-2014 g‘olibi Germaniya termasi Braziliyadan 35 «limon» bilan qaytgandi).

Demak, FIFA mukofot jamg‘armasini oshirish an’anasini davom ettirmoqda. Aytish joiz, xalqaro futbol uyushmasi ketma-ket 5ta mundialdan buyon bonus miqdorini ko‘paytirmoqda.

Taqqoslash uchun aytsak, 2002 yili umumiy fond «atigi» 154 million dollar edi. FIFA shuning barobarida 2010 yildan e’tiboran jahon forumiga futbolchi yuborgan klublarga ham o‘ziga xos «tovon» puli to‘lamoqda.

Xullas, JAR-2010da umumiy to‘lov miqdori 420 million dollarni tashkil etgan bo‘lsa, Braziliya mundialida bu summa 564 «limon»ga yetdi. Bo‘lajak JCh uchun to‘lov miqdori - 791 million dollar:

400 million
- mukofot jamg‘armasi

209 million - klublarga bazaviy kompensatsiya

134 million - futbolchilari JCh vaqti jarohatlangan klublarga to‘lov

48 million - yo‘llanma uchun qo‘shimcha bonus (1,5 milliondan).


Manba: www.interfutbol.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCh-2018 ishtirokchilari qanchadan mukofot puli olishlari mumkin?