13:30 / 11.06.2018
2 485

Krishtianu Ronaldu va uning kichik muxlisi uchrashuvidan ta’sirli videolavha

Krishtianu Ronaldu va uning kichik muxlisi uchrashuvidan ta’sirli videolavha
Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi Portugaliya terma jamoasi 9 iyun kuni Rossiyadagi mundialda ishtirok etish uchun aeroportga borish vaqtida qiziq voqea yuz berdi.

Ronalduning kichik yoshli muxlisi aeroportda muxlislar qurshovidan chiqib, Krishtini quchoqlab oldi. Ronaldu esa shoshib turganiga qaramay bolakay bilan suratga tushdi.

Suratga tushgan bolakay quvonchdan ko‘z yoshlarini tiya olmadi.

Quyida o‘sha holat aks etgan videolavhani tomosha qilishingiz mumkin:>>> VIDEO
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)