
Foto: O‘zbekiston Paralimpiada assotsiatsiyasi
Joriy yilning 7-11 iyul kunlari Germaniyaning Berlin shahrida paralimpiyaning suzish sport turi bo‘yicha Jahon seriyasi turkumiga kiruvchi Xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada 67 ta davlatdan 592 nafar sportchi ishtirok etib, ular orasida 5 nafar O‘zbekiston paralimpiya sportchilari ham sovrinli o‘rinlar uchun kuch sinashishdi.
O‘zbekistonlik sportchilar ushbu nufuzli chempionatda 2 ta oltin, 2 ta kumush va 6 ta bronza, jami 10 ta medalni qo‘lga kiritib, 2 ta jahon va 7 ta Osiyo rekordini yangilashdi.
Jumladan:
Islom Aslanov
50 m. krol 00:23.42 - oltin, Osiyo rekordi.
100 m krol 00:51.98 - oltin, Osiyo rekordi.
50 m batterflyay 00:24.92 - bronza, Osiyo rekordi.
100 batterflyay 00:56.15 - bronza, Osiyo rekordi.
Dmitriy Xorlin
800 m erkin 08:38,12 - kumush, Jahon rekordi.
200 m. kompleks 02:17.95 - bronza, Osiyo rekordi.
Muzaffar Tursunxo‘jayev
200 m batterflyay 02:17.11 - bronza, Osiyo rekordi.
50 m krol 00:23.79 – bronza.
Firdavsbek Musabekov
50 m brass 00:29.60 - kumush, Jahon rekordi.
200 m brass 02:30.29 - bronza, Osiyo rekordi.
O‘zbekiston delegatsiyasi 11 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:45da Frankfurt-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchib keladi.

“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar