date
views 3 689

Messi: "JCh-2018dan keyin terma jamoadagi faoliyatimni yakunlashim mumkin"

Месси: "ЖЧ-2018дан кейин терма жамоадаги фаолиятимни якунлашим мумкин"
Argentina terma jamoasi yetakchisi Lionel Messi JCh-2018dan keyingi rejalari haqida gapirib o‘tdi va u so‘nggi mundial bo‘lishi mumkin deb tahmin qildi.

«JCh-2018dan keyin termadagi faoliyatimni yakunlashim mumkinmi? Bilmadim, barchasi ushbu musobaqa biz uchun qay tarzda yakun topishiga bog‘liq.

Biz uchta finalda mag‘lub bo‘ldik va bu bizning Argentina matbuoti bilan bo‘lgan munosabatimizni qiyin ahvolga soldi. Finalga chiqish bo‘yicha bizlarda turli hil qarashlar mavjud. Finalgacha yetib borish oson emas, buni ham qadrlash lozim.

JCh-2018da juda ham ko‘p kuchli futbolchilar ishtirok etadi, biroq Argentina terma jamoasi ham sifatli futbolchilarga ega», - deydi Messi Sport.es nashriga bergan intervyuda.

Argentina terma jamoasi JCh-2018 guruh bosqichida Islandiya, Xorvatiya va Nigeriya bilan kuch sinashadi.

Manba: www.uff.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Messi: "JCh-2018dan keyin terma jamoadagi faoliyatimni yakunlashim mumkin"