10:26 / 14.06.2018
3 171

FIFA “JCh-2018”dan rekord darajada pul ishlab oladi

FIFA “JCh-2018”dan rekord darajada pul ishlab oladi
FIFAning Rossiyada o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha jahon chempionatidan kutayotgan daromadlari miqdori ma’lum bo‘ldi.

The New York Times nashrining yozilishicha, bu galgi mundial FIFAga 6,1 milliard AQSh dollari keltiradi. Shundan 3 milliardi teletranslyatsiyalar huquqini sotishdan olinishi rejalashtirilgan.

Homiylik kelishuvlaridan esa 1,65 milliard dollar kelib tushadi.

2014 yilda Braziliyada tashkil etilgan jahon chempionatida FIFA ayni paytda kutilayotganidan 1,3 milliard dollar kam, ya’ni 4,8 milliard dollar ishlab topgan edi.

Bu boradagi ko‘rsatkichlar mos ravishda 2010 yil JAR mezbonlik qilgan dunyo birinchiligida 3,9 milliard, Germaniya 2006 yilda qabul qilgan JChda 1,9 milliard dollar bo‘lgandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » FIFA “JCh-2018”dan rekord darajada pul ishlab oladi