
Argentina terma jamoasi yetakchisi Lionel Messi bugun bo‘lib o‘tgan Islandiyaga (1:1) qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Biz g‘alabaga loyiq edik deb o‘ylayman. Lekin bu yer jahon chempionati va bu yerda hech shunchaki g‘alabani berib qo‘ymaydi. Biz tezkor gol urishga erishdik, ammo islandlar hisobni tenglashtirgach o‘yin butunlay o‘zgardi. Raqib himoyada juda zij o‘ynadi va shu bois bizga bo‘sh joy topish qiyin bo‘ldi. Ha, bizda imkoniyat bo‘ldi, ammo men undan foydalana olmadim. Endi yaxshilab dam olib, keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish lozim”, - deydi Messi.
Eslatib o‘tamiz, Messi ushbu uchrashuvda islandiyaliklar darvozasi tomoniga belgilangan penaltini aniq amalga oshira olmadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar