
Bugun, 17 iyun sanasida Rossiyada o‘tayotgan futbol bo‘yicha Jahon Chempionatining 1-turi davom ettiriladi.
Kun taqvimidan uchta o‘yin o‘rin olgan.
Kunning dastlabki o‘yini «E» guruhidan o‘rin olgan Kosta-Rika va Serbiya terma jamoalari o‘rtasida kechadi. Bellashuv 17:00 da boshlanishi belgilangan.

Foto: FIFA
Mazkur guruhning ikkinchi o‘yini esa mundial favoritlaridan biri sifatida e’tirof etilayotgan Braziliya hamda Shveysariya terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Mazkur o‘yin esa tunda, 23:00 da boshlanishi belgilangan.

Foto: FIFA
«F» guruhining dastlabki o‘yinida amaldagi Jahon chempioni Germaniya Meksika qarshi kurash olib boradi. Bu uchrashuv esa 20:00 da boshlanadi.
Barcha o‘yinlar UzReport hamda Futbol-TV telekanallari orqali jonli efirda namoyish etiladi.
Jahon Chempionati
«E» guruhi, 1-tur bellashuvlari
17 iyun, yakshanba
Kosta-Rika — Serbiya 17:00
Braziliya — Shveysariya 23:00
«F» guruhi
Germaniya — Meksika 20:00
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar