00:30 / 23.06.2018
2 240

Argentina mundialning eng kuchsiz termasi, Xorvatiya esa...

Argentina mundialning eng kuchsiz termasi, Xorvatiya esa...
Xorvatiya o‘zidan yaxshi taassurot qoldirmoqda. Xuddi ular jahon chempionligi uchun da’vogardek.

XORVATIYa HAQIDA

Xorvatiya termasi har doim kuchli jamoalardan biri bo‘lib kelgan. Ularda Yevro yoki JChning kamida yarim finaliga chiqishga loyiq tarkibi bor. Mana hozirda ularning tarkibi dahshatli darajada - Chorluka, Lovren, Modrich, Perishich, Mandjukich, Rakitich, Kovachich, Brozovich, Badel, Vrsalko... Shunchaki ajoyib. Ular Yevro-2016da Portugaliyaga qay tarzda mag‘lub bo‘lib, 1/4 finalga chiqa olmaganini yaxshi eslaymiz.

Endi Xorvatiyaning baland dorga osiladigan vaqti keldi. Ular sovrinli o‘rinlar orqali qanday darajada ekanligini ko‘rsatishlari kerak. Keling, endi termalarning tarkibini biroz taxlil qilamiz. Ketdik.

TARKIBDAGILAR GO‘YoKI "MAShINA"

Yana bir bor Xorvatiyaning 1/4 finalga chiqa olmagani yomon holat bo‘lganini tushuntirib o‘taman. Maqolaning boshida termaning yetakchilari sifatida Rakitich, Modrich va Manjukichlarni keltirib o‘tdik. "Barselona", "Real", "Yuventus" futbolchilari biroz to‘xtang. Albatta, ularning o‘yinlari barcha raqiblar uchun qiyinchilik tug‘diradi. Bu futbolchilar standartlarni yaxshi ijro etishadi, uzoq masofalardan zarbalar yo‘llashadi, asosiysi top-jamoalarning sharafini himoya qilishadi. Mario jarima maydonchasi ichida boshi bilan yaxshi o‘ynaydi, barcha sxemalarga mos tushadi, bu uning plyus tomonlari. U bunday sifatlari bilan har doim asosiy tarkibda o‘ynay oladi. Umuman olganda terma safidagi barcha futbolchilar o‘z klublarida yetakchi. Zlatko Dalich milliy termani qiyin va tanqidli davrda qabul qilib oldi va shu darajaga olib chiqdi. Endi u yigitlaridan maksimum kuchni talab qilishga haqli.

ARGENTINA HAQIDA

Aslida Argentina mundial yo‘llanmasiga so‘nggi daqiqalarda ega chiqqandi. Jamoa saralashda nursiz o‘yin namoyish qilib, barchani ranjitayozgandi. Tarkibga ahamiyot bering: Messi, Iguain, Di Mariya, Dibala... Argentina tarkibidagi barcha futbolchi o‘z klubining eng muhim futbolchilaridan. Messi - futbol qirollaridan biri, Aguero - "Manchester Siti", Iguain - "Yuventus" to‘purari. Ular o‘tgan safargi mundialda a’lo darajadagi o‘yin namoyish qilishgandi. Endi-chi...

Dibala "Yuventus"da kosmik o‘yin ko‘rsatayotgan bir vaqtda Sampaoli televizordan nimani tomosha qilayotgandi? O‘zi umuman futbolni tushunadimi dedi ko‘pchilik.

(Yaqinda Zlatan Ibragimovich hujumchi Karim Benzema Fransiya termasi uchun loyiq futbolchiligini aytgandi. Agar u bunga loyiq ko‘rilmasa, Karimni termaga chaqirmayotgan Dide Desham Fransiya uchun noloyiq inson degandi)

ARGENTINA MURABBIYI HECh NIMANI TUShUNMAYDI

Keling, Zlatanning gapiga iddao sifatida Sampaolini ham terma bosh murabbiyligi uchun noloyiq deb hisoblaymiz. U qo‘lida yaxshigina masalliqlar bo‘lsa-da, hech kim yemaydigan ovqatni pishiradigan oshpaz rolini o‘ynamoqda. To‘g‘ri, u Chilida ajoyib ishladi, "Kopa Amerika"ni qo‘lga kiritdi. Aynan shunday aspektlar tufayli Leo Messining ustozi bo‘ldi. Xo‘sh, uning Argentina termasidagi o‘tgan faoliyati davomida yaxshi ish qildimi? Yo‘q! Ispaniya (1:6), Nigeriya (2:4) kabi termalarga sharmandalarcha mag‘lub bo‘ldi. Argentina JCh-2018ning 2 turida 6 imkoniyatdan 1 ochko oldi. Shu natijaning o‘zi murabbiyning saviyasidan dalolat.

Argentina mundialning eng kuchsiz termasi. Ularning o‘yinlarida mantiq yo‘q. Hatto chempionat boshlanishidan oldin autsayderlar qatoriga kirgan Rossiya ham qanday o‘yin ko‘rsatayotganini tomosha qilyapsiz. Argentinaning eng katta xatosi - Xorxe Sampaoli.

Manba: championat.asia
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)