07:30 / 26.06.2018
2 830

Jahon chempionatining yana bir rekordi yangilandi

Jahon chempionatining yana bir rekordi yangilandi
Futbol bo‘yicha jahon chempionatining 3-turida yana bir rekord yangilanadi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri xabar berdi.

Gap shundaki, Misr va Saudiya Arabistoni terma jamoalari uchrashuvida misrliklar tarkibida darvozabon Issam al-Hadariy maydonga tushdi. Natijada bu orqali futbolchi jahon chempionatida debyut qilish bilan birga chempionatning eng qari futbolchisiga aylandi. Hadariy bugungi uchrashuv vaqtida 45 yosh-u, 161 kunlik bo‘ldi.

Shu kungacha mazkur rekord kolumbiyalik Farid Mondragonga tegishli bo‘lib, darvozabon 2014 yilgi JCh vaqtida maydonga tushganda, 43 yosh, 3 kunlik bo‘lgandi.

Maydonda to‘p surgan futbolchilar ichida eng yoshi keksa futbolchi esa kamerunlik Roje Milla sanaladi. U 1994 yilda JCh o‘yinida ishtirok etganida 42 yosh, 39 kunlik bo‘lgan va Mondragonga qadar bu borada mutlaq rekordchi sanalardi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jahon chempionatining yana bir rekordi yangilandi