date
views 2 428

JCH-2018. Angliya va Belgiya mag‘lubiyat uchun kurashadimi?

JCH-2018. Angliya va Belgiya mag‘lubiyat uchun kurashadimi?
Futbol bo‘yicha jahon chempionatining guruh bosqichi ham nihoyasiga yetib qoldi. Bugun so‘nggi ikki guruhda oxirgi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi va nimchorak finalning barcha 16 jamoasi nomi aniq bo‘ladi.

G guruhida yo‘llanma egalari aniqlanib ulgurgan bo‘lsada, g‘alati vaziyat yuzaga kelgan. Ya’ni hali Angliya va Belgiya guruhda kim birinchi o‘rinni egallashi masalasiga oydinlik kiritmagan. Lekin boshqa guruhlardan farqli ravishda bu yerda guruhni peshqadam bo‘lib yakunlashdan ko‘ra, ikkinchi bo‘lish ma’qulroqdek ko‘rinmoqda. Nega? Sababi oddiy guruh g‘olibi nimchorak finalda u qadar jiddiy raqibga duch kelmasligi mumkin. Lekin chorak finalda Braziliya va Meksika uchrashuvi g‘olibi (katta ehtimol bilan Braziliya deylik). Mabodo shunday qiyin yo‘lni bosib o‘tib, yarim finalga chiqqan taqdirda ham u yerda Urugvay, Portugaliya, Fransiya va Argentina to‘rtligi ichidan eng kuchlisi bo‘lib yorib chiqqan jamoaga qarshi maydonga tushadi. Dahshat-a, to‘g‘rimi? Ikkinchi o‘rinni egallagan jamoa esa yarim finalgacha, o‘ynasa bo‘ladigan jamoalarga duch keladi. Uyog‘iga esa eng ko‘pi bilan Ispaniya yoki Xorvatiya (o‘yiniga qarab taxminan aytilayotgan fikr) duch kelib qolishi ham mumkin.

Shu boisdan bu uchrashuvda ikki guruh yetakchisi mag‘lubiyat uchun harakat qilishi ham mumkin. Qiziq tomoni, durang bo‘lgan taqdirda barcha ko‘rsatkichlar teng bo‘lib qoladi. Hattoki kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan gollar soni bo‘yicha ham. Bunday vaziyat sariq va qizil kartochkalar hisobga olinadi. Kim ko‘p kartochka olish, kurashi buyog‘i...

Albatta bu shunchaki bizning farazlarimiz. Haqiqiy professional futbolchilar, umuman bunday hisob-kitoblarga e’tibor qilmasdan, borini berib g‘alaba uchun ham o‘ynashi mumkin. Buni faqatgina o‘yin davomida ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi.

Guruhning ikkinchi uchrashuviga ortiqcha to‘xtalib o‘tirmaymiz. Musobaqaga qur’a tashlangandanoq bu o‘yinga bo‘lgan qiziqish past bo‘lishini aytib, hazillar to‘qilgandi. Hozircha bu o‘yinga musobaqadagi eng kam muxlis kirishini taxmin qilish mumkin, xolos.

G guruhi. 3-tur

23:00 Angliya - Belgiya


Kaliningrad. “Kaliningrad“ stadioni
Bosh hakam: Damir Skomina (Sloveniya)

23:00 Panama - Tunis

Saransk. “Mordoviya Arena”
Bosh hakam: Navaf Shukralla (Bahrayn)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCH-2018. Angliya va Belgiya mag‘lubiyat uchun kurashadimi?